09:31 / 28.11.2016
9437

28 noyabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

27 noyabr tuni va 28 noyabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Toshkent metrosining yangi 8ta bekati 2020 yilda ishga tushiriladi

Toshkent metrosi qurilishini davom ettirish yuzasidan 2017-2020 yillarda umumiy qiymati 295 million dollar davlat byudjyeti, O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan uzunligi 10 kilometrdan iborat 8ta stansiyani o‘z ichiga olgan 2ta loyihani ishlab chiqish ta'minlanadi.

Batafsil.http://kun.uz/news/2016/11/27/toskent-metrosining-angi-8ta-bekati-2020-jilda-isga-tusiriladi

Toshkentda yana 80ta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil qilinadi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar saylovchilari bilan uchrashuvida shaharda jamoat transportidan foydalanish masalasi bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolayotganiga to‘xtalib o‘tdi.

Batafsil.http://kun.uz/news/2016/11/27/toskentda-ana-80ta-angi-avtobus-junalisi-taskil-kilinadi

Turkiyada xorijiy OAV jurnalistlari hibsga olindi

Turkiyaning Shirvani shahrida "Bi-bi-si"ning turk xizmati jurnalisti Xatis Kamer, Diyorbakirda esa "Amerika ovozi" radiostansiyasining xodimi Xajan Fargin hibsga olindi.

Batafsil.http://kun.uz/news/2016/11/27/turkiada-horizij-oav-zurnalistlari-ibsga-olindi

Ugandadagi to‘qnashuvlar oqibatida kamida 55 kishi halok bo‘ldi

Uganda g‘arbida politsiya va Kaserda Rvenzururu harakati hukumatga qarshi guruhining isyonchilari o‘rtasida to‘qnashuvlar oqibatida kamida 55 kishi halok bo‘ldi.

Batafsil.http://kun.uz/news/2016/11/27/ugandadagi-tuknasuvlar-okibatida-kamida-55-kisi-alok-buldi

Lufthansa uchuvchilari ish tashlashni to‘xtatishdi

Lufthansa aviakompaniyasi uchuvchilari 27 noyabrda 23 noyabr kunidan keyin ilk marotaba ishga chiqdilar, deb xabar bermoqda Deutsche Welle.

Batafsil.http://kun.uz/news/2016/11/28/lufthansa-ucuvcilari-is-taslasni-tuhtatisdi

Fransiyada praymerizning 2-turi g‘olibi aniqlandi

"Respublikachilar" o‘ng-markazchilar partiyasi vakili Fransua Fiyon Fransiya prezidenti lavozimiga saylovlarda nomzodini qo‘yish huquqini qo‘lga kiritish uchun o‘tkazilgan saylov – praymerizning 2-turida 67 foiz ovoz to‘play oldi.

Batafsil.http://kun.uz/news/2016/11/28/franciada-prajmerizning-2-turi-golibi-aniklandi

Kuvaytlik shayxning qotillari qo‘lga olindi

Kuvayt shayxining joniga qasd qilgan ikki eronlik aybiga iqror bo‘ldi. Bu haqda Kuvayt ichki ishlar vazirligi xabar qiladi.

Batafsil.http://kun.uz/news/2016/11/28/angi-samsung-galaxy-s8-edge-namojis-kilindi

Yangi Samsung Galaxy S8 edge namoyish qilindi

Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 bilan yuzaga kelgan mojarodan so‘ng yangi flagman smartfonini ishlab chiqarish borasidagi rejalarini qayta ko‘rib chiqqan bo‘lishi mumkin.

Batafsil.http://kun.uz/news/2016/11/28/angi-samsung-galaxy-s8-edge-namojis-kilindi

Rekord tezlikka ega kamera taqdim qilindi

Kanadaning Kron Technologies startapi Chronos 1.4 kamerasini namoyish qildi. Bu kamera soniyasiga rekord sondagi – 21,6 mingta surat oladi.

Batafsil.http://kun.uz/news/2016/11/27/rekord-tezlikka-ega-kamera-takdim-kilindi

Formula-1" poygasida yangi chempion paydo bo‘ldi

Mercedes-AMG jamoasining poygachisi Niko Rosberg o‘z faoliyatida birinchi marta "Formula-1" poygasining chempioni bo‘ldi.

Batafsil.http://kun.uz/news/2016/11/28/formula-1-pojgasida-angi-cempion-pajdo-buldi

MYu» o‘z maydonida «Vest Hem»ni yenga olmadi

«Manchester Yunayted» APLning 13-turi doirasida «Vest Hem Yunayted»ni qabul qildi. «Old Trafford»da kechgan uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Batafsil.http://kun.uz/news/2016/11/27/mu-uz-majdonida-vest-emni-enga-olmadi

Krasnodarda yangi «triller»: «Krasnodar» qo‘shimcha daqiqalarda «Zenit»ga 2ta gol urib, g‘alabaga erishdi

Rossiya chempionatining 15-turida«Krasnodar» «Zenit»ga qarshi o‘ynadi va 2:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

Batafsil.http://kun.uz/news/2016/11/27/krasnodarda-angi-triller-krasnodar-kusimca-dakikalarda-zenitga-2ta-gol-urib-galabaga-erisdi

 

Top