10:58 / 28.11.2016
7703

Ozarboyjonda ipakdan ishlangan Qur'on kitobi tayyorlandi

Foto: Muxlis.uz

Ozarboyjonlik taniqli rassom va naqsh ustasi Tunzal Muhammadzoda Qur'oni karimning ipakdan to‘qilgan nodir nusxasini tayyorladi. Muqaddas kalomning antiqa nusxasini tayyorlash uchun usta 3 yil vaqt sarfladi va 50 metr tabiiy qora shaffof ipakdan foydalandi. Bu haqda Muxlis.uz xabar bergan.

Qayd etish kerak-ki, Tunzal Muhammadzoda Istanbuldagi Marmarin universiteti doktorantidir. U Ozarboyjon milliy amaliy san'ati namunasi sanalgan zanjirli kashtachilikni o‘rganish bo‘yicha ilmiy ish olib bormoqda.
 

Mavzuga oid
Top