12:34 / 28.11.2016
39770

«PROFI EDUCATION» yotoqxonasida ahvol qanday? 

Biz oldinroq, «PROFI EDUCATION» abituriyentlar maktabining yotoqxonasi ishga tushganligi haqida xabar bergan edik. Mana yotoqxona o‘z faoliyatini boshlaganiga ham bir muncha vaqt o‘tdi. «Xo‘sh, «PROFI EDUCATION» yotoqxonasida ahvol qanday? O‘g‘limni yotoqxonaga joylashtirsam, ovqatlari qanday, o‘g‘lim och qolmaydimi? O‘g‘il bolalar bilan qiz bolalar qanday ajratilgan? Yotoqxonada nazorat qanday?» degan savollar bilan ko‘plab ota-onalar murojaat qilishdi. Shu sababli biz «PROFI EDUCATION» yotoqxonasidagi hozirgi holatni batafsil ta'riflab berishga qaror qildik. 

Yotoqxona qayerda joylashgan?

«Profi yotoqxonasi» Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Banokatiy ko‘chasida, xalq tilida «Sarakulka» deb nomlanadigan ko‘chaning muyulishida joylashgan. 

Yotoqxona necha o‘rinli?

«Profi yotoqxonasi» 200 abituriyentni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. 

Yotoqxonada qiz va o‘gil bolalarning yashashi qay tarzda?

Yotoqxonamizda qiz va o‘g‘il bolalar alohida-alohida qavatlarda istiqomat qilishadi. Ular dars tayyorlashda va yotoqxonada yashashda bir-birlariga umuman xalaqit berishmaydi. 

Yotoqxona «bepul» deyilgan edi, shu gap rostmi? 

Ha, rost! Yotoqxonamizda yashash bepul, lekin uch mahal ovqat, avtobus xizmati, kiyim tozalash xizmatlari kabi qo‘shimcha xizmatlar uchun pul to‘lanadi. 

«Yotoqxona – PROFI EDUCATION» yo‘nalishida avtobus bo‘ladi deyishgan edi, bu qanchalik haqiqat?



Bu gapimiz ham ayni haqiqat! Hozirgi kunda «PROFI EDUCATION» tasarrufida to‘rtta avtobus xizmat ko‘rsatmoqda. Avtobuslar yotoqxonada yashovchi abituriyentlarning vaqtini zoye ketkazmaslik maqsadida «PROFI EDUCATION» o‘quv binosiga olib keladi va mazmunli darsdan so‘ng qayta yotoqxonaga olib boradi. 

Yotoqxonada yashovchi abituriyentlar qayerda va necha mahal ovqatlanishadi? 

«Profi yotoqxonasi»da alohida oshxona ham o‘z faoliyatini olib bormoqda, bu yerda o‘quvchilar kuniga uch mahal ovqatlanishadi. Har bir ovqatning tarkibi, sifati o‘ta qattiq nazorat ostiga olingan. Ko‘rsatilgan me'yordagi ovqatga to‘ymay qolgan abituriyentlarga yana qo‘shimcha tazrda ovqat berish ham tashkillashtirilgan. Umuman olganda abituriyent bizda och qolmaydi. 

Yotoqxona sovuq emasmi?

«Profi yotoqxonasi» Italiyada ishlab chiqarilgan isitish tizimi bilan jihozlangan, tashqarida havo muzlab ketganda ham, yotoqxonaning ichida yoz hukmronlik qiladi. 

Yotoqoxonada telefon ishlatish mumkin emas deb eshitgan edik, shu gap rostmi? 

Ha, rost! Yotoqxonada yashovchi abituriyentlarning darsdan tashqari narsalarga vaqt sarflashining oldini olish maqsadida «PROFI EDUCATION» ma'muriyati yotoqxona abituriyentlari uchun telefon ishlatishni taqiqlagan, har kuni bir soat, 19:00 dan 20:00 gacha o‘quvchiga telefon ishlatishga ruxsat beriladi.

Yotoqxonada dars jarayoni qanday? 

Yotoqxona binosi ichida o‘quvchilar faqat dars bilan mashg‘ul bo‘lishadi, boshqa ortiqcha narsalarga fikri chalg‘imasligining oldini olish uchun yotoqxonada alohida nazoratchi-o‘qituvchilar faoliyat olib borishadi, ular o‘quvchilar bilan qo‘shimcha darslar olib borish uchun mas'uldirlar.

Abituriyentning kiyimini kim tozalaydi? 

Abituriyentlar kiyim tozalashga ham vaqt yo‘qotmasliklari uchun yotoqxonada alohida kiyim tozalash xizmati tashkil qilingan. Bu xizmat o‘quvchilarning kiyimlarini yuvish, tozalash va dazmollashni qamrab oladi. Shuningdek, ular har hafta abituriyentlarning choyshablarini yangilab turishadi. 

Yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar yotoqxonadan chiqarib yuboriladimi? 

Ha, har bir oyda «PROFI EDUCATION» tomonidan yotoqxona abituriyentlari uchun minimal ball ko‘rsatkichi qo‘yilgan, agar o‘quvchi shunaqa sharoitda yashab ham o‘sha balni ololmasa, yotoqxona abituriyentlari safidan chiqariladi, lekin o‘quvchi «PROFI EDUCATION»dagi o‘qishini davom ettirishi mumkin. Agar o‘quvchi o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarib, keyingi oy minimal ball ko‘rsatkichini yig‘a olsa, yana yotoqxonaga qaytishi mumkin. 

Agar farzandim kasal bo‘lib qolsa, kimga murojaat qiladi?

«Profi yotoqxonasida» alohida tibbiy mutaxassislar ishlashadi, har bir o‘quvchining sog‘ligi nazorat ostida bo‘ladi, agar farzandingiz kasal bo‘lib qolsa, bizning vrachlarimiz darhol buning oldini olish payiga tushishadi, bu tomondan ham aslo xavotir olmasangiz bo‘ladi. 

Toshkentlik abituriyentlar ham yotoqxonada turishi mumkinmi?

Yotoqxonadagi o‘qish va tartib asli toshkentlik abituriyentlarga ham yoqib tushdi, hozirda yotoqxonamizda o‘nga yaqin toshkentlik abituriyent istiqomat qilmoqda. 

«PROFI EDUCATION» - maqsadlar tutashgan manzil!
Telefon: 244 66 06, Telegram: (90) 951 2388

Reklama huquqi asosida

Top