18:27 / 29.11.2016
4142

Abdulaziz Komilov AQSh Davlat kotibi yordamchisining birinchi o‘rinbosarini qabul qildi

2016 yilning 29 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisining birinchi o‘rinbosari Uilyam Toddni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar bergan.

Muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama aloqalarga oid masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning ba'zi masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Uchrashuvda AQSh Elchisi Pamela Leora Spratlen ishtirok etdi.

Top