20:08 / 29.11.2016
4657

Falastinni ozod qilish harakati raisi saylandi

Foto: © RIA Novosti

Falastin prezidenti Mahmud Abbos Falastinni ozod qilish harakati raisi etib saylandi. Bu holat FOQHning 7 s'yezdida ro‘y berdi, deb xabar qiladi VAFA axborot agentligi.

"Biz bu yerda harakatimiz rivojining yangi bosqichini boshlash uchun yig‘ildik", - deya ma'lum qilgan Abbos. Uning ta'kidlashicha, bu jarayon “tarixiydir”. "Sizlar (delegatlar) bugun harakatimiz tarixidagi yanada kuchli va barqaror davr poydevorini qo‘ydingiz", - qo‘shimcha qildi FOQX yetakchisi.

Agentlikning ta'kidlashicha, Abbos harakat raisi etib saylangani  haqida e'lon qilingach, uning barcha a'zolari buni tik turgan holda olqishlab qarshi olishgan.

Top