00:18 / 29.11.2016
4508

Huawei 4-avloddagi mobil tarmoqda 2 Gbit/s dan kattaroq tezlikni namoyish qildi

Foto: Huawei

Huawei kompaniyasi Britaniyaning YeYe kompaniyasi bilan 4-avloddagi uyali aloqa tarmoqlarida (4G/LTE) erishgan yangi muvaffaqiyatlari haqida ma'lum qildi. 

Gap 3GPP LTE Advanced texnologiyasining takomillashtirilishi haqida ketmoqda. Axborotni yuqori tezlikda uzatish bo‘yicha tajriba Buyuk Britaniyadagi ilg‘or laboratoriyada o‘tkazildi.

Ma'lum qilinishicha, sinovlar vaqtida 2,1 Gbit/s tezligida axborotni o‘tkazish qobiliyatini namoyish qilishga muvaffaq bo‘lingan. Bunday tezlikda 1 Gbayt o‘lchamdagi faylni 4 soniyada uzatish mumkin bo‘ladi.

Bu natija abonentlarning 5-avloddagi mobil aloqa tarmoqlarini ishga tushirish oldidan mobil trafikka ortayotgan ehtiyojlarini qondirishga imkon beradi. Hozirda Huawei hamkor kompaniyalar bilan birga 5G-texnologiyalarni faol ravishda rivojlantirmoqda. Masalan, yaqinda Huawei va Yaponiyaning NTT DoCoMo telekommunikatsion giganti 5-avloddagi tarjibaviy tarmoqda 11,29 Gbit/s tezlikka erisha olgan. 

Birinchi 5G-servislar 2020 yilgacha ishlay boshlashi hamda 20 Gbit/s uzatish qobiliyatini ta'minlashi kutilmoqda. Bunday tarmoqlar bilan qoplanadigan hududlarda abonentlar keng polosali simli bog‘lanishlardan to‘liq voz kecha oladilar.

 

Top