16:42 / 29.11.2016
4188

«Paxtakor» «Shapekoense»ga hamdardlik bildirdi

Toshkentning «Paxtakor» jamoasi bugun Kolumbiya osmonida halokatga uchragan Braziliyaning «Shapekoense» klubiga hamdardlik bildirdi.

Toshkentning «Paxtakor» klubi tvitterida bu fojia yuzasidan rasmiy bayonot berilgan.

«Paxtakor» bu fojia yuzasidan «Shapekoense» klubiga hamdardlik bildiradi. Biz jamoa a'zolari va ularning oilasi bilan birgamiz va duodamiz» - deyilgan klubning rasmiy tvitterida.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentning «Paxtakor» klubi futbolchilari ketayotgan samolyot 1979 yilda aviahalokatga uchragandi.

Top