15:19 / 29.11.2016
8723

So‘rov rossiyaliklarning 80 foizga yaqini muhojirlar borasida keskin qarashga egaligini ko‘rsatdi

Foto: rbc

Butunrossiya jamoat fikrini o‘rganish markazi (VTsIOM) tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada ishtirok etganlarning 78 foizi muhojirlarning Rossiyaga kiritilishi cheklanishini yoqlashgan. Shu bilan birga, ularning 61 foizi farzandlarining muhojirlar farzandlari bilan yaqin muloqotda bo‘lishiga qarshi emas. 

Tadqiqotda ma'lum bo‘lishicha, rossiyaliklar orasida, ish beruvchilarga mahalliy aholidan ko‘ra muhojirlarni yollashi foydaliroq, degan fikr hamon saqlanib qolgan. So‘ralganlarning 81 foizi shunday fikrda ekanini bildirgan. 

Ijtimoiy so‘rovda qatnashganlarning 71 foiziga ko‘ra, muhojirlar kam maoshga ham rozi bo‘lishadi, shu bilan ish haqlari oshirilishiga to‘siq bo‘lishadi. 

Shunga qaramay, VTsIOM xulosa qilishicha, rossiyaliklarning aksariyati (67 foiz), muhojirlar mahalliy aholi ishlamaydigan sohalarda faoliyat yuritishini yaxshi anglashadi. 

Mavzuga oid
Top