22:18 / 29.11.2016
11738

Vitaliy Denisov o‘z vaqtida Angliya grandi safiga o‘tishi mumkin edi

«Lokomotiv» va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov o‘z vaqtida Angliya premer-ligasining yetakchilaridan biri safida to‘p surish imkoniga ega bo‘lgani haqida gapirdi.

«O‘z vaqtida Londonning «Arsenal» klubi ko‘rigida bo‘lganman. U yerda bir yarim hafta mobaynida ko‘rikdan o‘tganman. O‘sha paytlari jamoada yulduzlar Terri Anri, Dennis Bergkamp, Fredrik Yungberg kabi futbolchilar to‘p surardi.

Afsuski u yerda hujjatlar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan. Ish vizasi va boshqa boshqa muammolar. Xullas bu transfer amalga oshmagan», deya gapirib o‘tdi Denisov.

Top