13:26 / 30.11.2016
4818

"Yevroset" brendi yo‘qolishi mumkin

Foto: © L!FE

"Megafon" "Vympelkom"ga "Yevroset" salonlarini o‘zaro bo‘lishib olish, brendni esa bekor qilishni taklif qildi. "Yevroset"ni bo‘lishib olish rejalari haqida "Vedomosti" nashri xabar berdi. Nashrda "Megafon"ning "Vympelkom"ga bu taklifni yuborgani ta'kidlanmoqda. 

Manbaga ko‘ra, kelishuvga oid hujjatlar 24 dekabrda imzolanishi mumkin. Biroq kompaniya prezidenti Aleksandr Malisning ta'kidlashicha, hozircha aksionerlarning "Yevroset"ni bo‘lishib olish haqidagi kelishuviga erishilmagan. 

Aloqa operatorlari "Yevroset"dan xalos bo‘lishni ko‘zlashmoqda, zero uning biznesi operatorlar vazifalariga ziddir: riteylerning asosiy daromadi telefonlardan, operatorlarga esa  abonentlar bilan shartnomalar zarur. 

OAV "Yevroset"ning ajralish rejalari haqida birinchi marta oktabr oyi o‘rtalarida so‘z ochgandi. 

Bugungi kunda  "Vympelkom" va "Megafon"ga "Yevroset"ning 50 foiz (har biriga 50 foiz) aksiyalari tegishli. 

Top