20:30 / 30.11.2016
5802

Garet Sautgeyt nihoyat Angliya terma jamoasiga doimiy muddatga bosh murabbiy bo‘ldi

Angliya futbol assotsiatsiyasi Garet Sautgeytni terma jamoa bosh murabbiyligiga tayinlanganini e'lon qildi. Bu haqda assotsiatsiya tvitteri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, mutaxassis AFA bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.

«Ishga ega bo‘ldim – bu bir. Endi uni sifatli bajarishni istayman. O‘z lavozimga kirishishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Muxlislar terma jamoadan faxrlanishi va uning o‘yinlaridan zavq olib tomosha qilishlarini xohlayman», — degan Sautgeyt.

Garet Sautgeyt bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida 4 ta uchrashuv o‘tkazgandi. Bu davrda jamoa Malta (2:0) va Shotlandiya (3:0) ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, Sloveniya (0:0) va Ispaniya bilan (2:2) durang natijalar qayd etgandi.

Mavzuga oid
Top