15:24 / 30.11.2016
6709

Mishel Obama Oq uy rahbari bo‘lishi masalasiga oydinlik kiritildi

Foto: EPA

AQSh prezidentining turmush o‘rtog‘i Mishel Obama hech qachon o‘z nomzodini prezidentlik saylovlariga qo‘ymaydi. Bu haqda The Rolling Stones jurnaliga bergan intervyusida prezident Barak Obama ma'lum qilgan.

"Mishel hech qachon prezidentlik poygasida qatnashmaydi", - ma'lum qildi Obama. “U juda ham ta'sirchandir. Bu esa siyosat bilan shug‘ullanishga halaqit beradi”, - qo‘shimcha qilgan prezident. 

Eslatib o‘tamiz, AQShda 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida sobiq rahbar Bill Klintonning rafiqasi Hillari Klinton ishtirok etdi. G‘alaba esa respublikachi Donald Trampga nasib etdi. U 20 yanvardan o‘z lavozimini bajarishga kirishadi.

Mavzuga oid
Top