11:47 / 13.12.2016
12189

Foto: Bir oyog‘i yo‘q, lekin quvnoq Avrora

Shu yilning noyabr oyi boshida amputatsiya qilingan odamlarga yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi Amputee Coalition of America bir oyog‘i protez bo‘lgan 2 yoshli Avrora Kayroning suratini nashr qilgandi. Bir oy o‘tib, ushbu quvnoq qizcha internet foydalanuvchilari orasida mashhurlashib ketdi.

Avroraning onasi homiladorlikning beshinchi oyidaligida homilada tug‘ma xastalik borligi aniqlandi -  boldir suyaklaridagi gemimeliya. Shifokorlar Avrora tug‘ilishi bilan muvaffaqiyatli amputatsiya o‘tkazishdi va unga protez oyoq o‘rnatildi.

Postlardan birida Rori gimnastika va suzish kurslariga qatnashi va yugurishda birinchi o‘rinni egallagani yozilgan.

Dekabr oyi boshida ushbu qizcha Instagramda nihoyatda mashhurlashdi. Uning suratlaridan biri sochlar shampuni do‘koni instagramida qo‘yilgach, bu surat 38 mingta layk yig‘di, Afropunk musiqa festivali akkauntida joylangan suratga esa 40 marta layk qo‘yildi.

Reper the Game o‘z instagramida Avroraning suratini joylashtirgach, u yanada mashhurlashdi. Ijtimoiy tarmoqning aksar foydalanuvchilari 2 yoshli qizchaning hayotga qarashidan to‘lqinlanishganini ifoda etishgan va uni kuchli xarakterga ega qizcha deb atashgan.

Top