15:30 / 15.12.2016
108260

Toshkent viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Bugun, 15 dekabr kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Bosh vazir Abdulla Oripov, respublikadagi barcha vazirlik, idora, davlat boshqaruvi organlari, shuningdek, xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputatlari, hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilish kun tartibida ko‘rib chiqilgan masalalar qatorida viloyat hokimini tayinlash masalasi ham muhokama etilgan.

Sharh.uz xabarida ma'lum qilinishicha, viloyat hokimi lavozimiga Bobayev Shukrullo Habibullayevich nomzodi ko‘rib chiqilgan va viloyat kengashi deputatlari qo‘llab-quvvatlashi bilan bir ovozdan ma'qullangan.

U 2016 yilning 4 fevralida Toshkent viloyatida Ahmadjon Usmonov o‘rniga yangi hokim sifatida tayinlangan, shu yil avgustida ishdan olingan Sodiq Abdullayev o‘rnini egalladi.

O‘zbekiston Prezidentining 12 avgustdagi farmoniga muvofiq Islomjan Ergashxo‘jayev Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida tayinlangandi.

Xabarlarga ko‘ra, I.Ergashxo‘jayev hozirga qadar bo‘sh turgan Respublika Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan.

Top