17:27 / 24.12.2016
6280

Xitoyda mushak fabrikasida portlash ro‘y berdi, qurbonlar bor

Xitoyning Xebey viloyatidagi mushak va petard zavodida portlash ro‘y berdi. Buning oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar qiladi CCTV.

Aniqlanishicha, hodisa Tanshan shahar okrugidagi Fenjun tumanida joylashgan zavodda yuz bergan.

Ayni damda qidiruv-qutqaruv amaliyoti olib borilmoqda. Qutqaruvchilar ikki kishining jasadini topishgan.

Dastlabki tergov ma'lumotlariga ko‘ra, portlash maxfiy xususiy zavodda sodir bo‘ldi. Uning sabablari aniqlanmoqda.
 

Top