11:50 / 25.12.2016
16248

Tu-154 bortida «Pervyy kanal» va «Zvezda» kanali jurnalistlari hamda Aleksandrov ansambli musiqachilari bo‘lgan

Qora dengiz ustida qulab tushgan Rossiya Mudoafaa vazirligining Tu-154 samolyoti bortida 9 jurnalist va Aleksandrov ansamblining 68 musiqachisi bo‘lgan. Jurnalistlar orasida «Pervyy kanal» va «Zvezda» kanali muxbirlari bo‘lishgan.

«Pervyy kanal» xodimlari: muxbir Runkov, operator Denisov, ovoz operatori Soydov.

«Zvezda» matbuot xizmati hozircha bu ma'lumotni tasdiqlamadi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Tu-154 samolyoti Suriyadagi Xmeymim aviabazasiga yo‘l olganini tasdiqlagan. Ansambl u yerda bir marta konsert berib, ortga qaytishi kerak bo‘lgan.

Samolyot qoldiqlari Qora dengiz hududidan topildi.

Sochidan uchgan samolyot radarlardan yo‘qoldi

Top