21:10 / 26.12.2016
12008

Rossiya prezidenti jahonda "qaynoq nuqtalar" soni kamaymayotganini aytdi

Foto: RIA

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) kengashi sessiyasi ochilishida jahonda "muammoli qaynoq nuqtalar" soni kamaymayotganini aytdi.  

"Biz dunyoning ko‘plab hududlarida munosabatlar oson yo‘lga qo‘yilmayotganini, muammoli qaynoq nuqtalar soni kamaymayotganini, eski ixtiloflar esa biz istagan hajmda yengib o‘tilmayotganini bilamiz. Misol uchun, Afg‘oniston, Yaqin Sharq, Suriya va boshqalar muammolari",  deb aytdi Putin.

Putin buning hammasi KXShTga a'zo davlatlarni tashvishlantirishini aytdi. Uning fikricha, norasmiy fikrlar almashuvi shaklidagi uchrashuv tashkilot davlatlari xavfsizligi sohasidagi vaziyatni muhokama qilish, dunyoda nimalar sodir bo‘layotgani haqida suhbatlashishga imkon beradi. 

"Biz uchun katta qiziqish bildirgan masalalar bo‘yicha muloqot bizda doimo davom etib keladi, biroq muammolar kamaymayapti. Shunga qaramay, bu bizga u yoki bu yo‘nalishlar bo‘yicha yuz berayotgan voqealardan xabardor bo‘lish va bizning davlatlar atrofida paydo bo‘ladigan xavflarga o‘z vaqtida javob berishga imkoniyat beradi", deb ta'kidlab o‘tdi Putin. 


 

Top