16:29 / 05.01.2017
7125

Turkiya Injirlik bazasida koalitsiya kuchlari bo‘lishini savol ostida qoldirdi

© AP Photo

Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Veysi Qaynoq ma'lum qildiki, Anqara Injirlik aviabazasidan AQSh va koalitsiya kuchlari samolyotlari foydalanishini to‘xtatishi mumkin.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, vazir o‘rinbosari Turkiya hukumati ushbu harbiy bazadan AQSh va koalitsiya kuchlari foydalanishda davom etishi yoki davom etmasligini muhokama qiladi.

Ma'lumot uchun, Injirlik aviabazasidan AQSh HHK va Turkiya ikki davlat o‘rtasidagi harbiy va iqtisodiy hamkorlik doirasidagi kelishuv asosida foydalanadi. Ushbu bazada Suriyadagi terrorchilar marralariga zarbalar uchun foydalaniladigan AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Saudiya Arabistoni va Qatar aviatsiyasi joylashtirilgan.

Bazada AQShning 50 ga yaqin B61 yadro bombasi saqlanadi. Harbiy to‘ntarishga urinish chog‘i Turkiya hukumati AQSh aviatsiyasiga Injirlik bazasidan uchish va qo‘nishni man etdi, baza qo‘mondonini esa fitnaga aloqadorlikda aybladi.

Top