01:53 / 19.01.2017
5023

"Formula-1" poygalari sotilmoqda

Foto: TASS

Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) "Formula-1" poygalarini o‘tkazish huquqini Amerikaning Liberty Media korporatsiyasiga sotishni ma'qulladi. Bu haqda FIA matbuot xizmati xabar qilgan.

18 yanvar kuni Jyenevada avtosport bo‘yicha Butunjahon kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda, kengash a'zolari bitimni yakdillik bilan ma'qullashgan. 

"Liberty va FIA amaliy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida hamkorlik qilish niyatida, bu "Formula-1"ning uzoq vaqt rivojlanishi va muvaffaqiyatini ta'minlaydi", - deyiladi xabarda. 

Avvalroq, Liberty Media aksiyadorlari "Formula-1" aksiyalarini xarid qilish g‘oyasini ma'qullashgan edi. "Qirollik poyga"sining bosh aksioneri CVC Capital ixtiyoridagi aksiyalarni xarid qilish bitimi 2017 yil birinchi choragi yakuniga qadar amalga oshirilishi kutilmoqda. 2016 yil sentabr oyida Liberty Media chempionatning 18,7 foiz aksiyasini 746 mln dollar evaziga xarid qilgan edi. Korporatsiya dekabr oyida bitimni yakunlash maqsadida investorlarning 1,5 mlrd dollarlik mablag‘ini jalb qildi. 

 

Mavzuga oid
Top