13:46 / 07.02.2017
8471

«Kamolot» YoIHga vaqtinchalik rahbar tayinlandi

Sarvar Ashurov «Kamolot» Yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda harakat rasmiy saytida ma'lum qilingan.

U «Kamolot»ning avvalgi rahbari, yanvar oyi oxirida Prezident Devoni yoshlar masalalari sektori rahbari etib tayinlangan Bahodir G‘aniyevning o‘rnini egalladi.

1982 yilda tug‘ilgan Sarvar Ashurov — O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent moliya instituti bitiruvchisi hisoblanadi. 2013 yildan «Kamolot» raisi o‘rinbosari va «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Mavzuga oid
Top