09:51 / 08.02.2017
4555

Yevropaga yil boshidan O‘rta yer dengizi orqali 11 mingdan ko‘proq muhojir kelgani ma'lum qilindi

Yevropaga 2017 yilning 1 yanvaridan 5 fevraligacha O‘rta yer dengizi orqali 11 mingdan ko‘proq muhojir va qochqin kelgan. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkiloti matbuot bayonotida aytildi.  

Tashkilot 11010 muhojir kelganini qayd qilgan, ulardan ko‘pchiligi (85 foizi) Italiyada, qolganlari esa Gretsiyada qo‘nim topgan. Migratsiya tashkilotining ma'lum qilishicha, bu vaqt ichida 255 muhojir yo‘lda halok bo‘lgan. 

Ma'lum qilinishicha, 2016 yilning shu davrida (yil boshidan 35 kun ichida) Yevropaga dengiz orqali 74,8 ming muhojir kelgandi.

Mavzuga oid
Top