17:37 / 06.03.2017
9877

«Real» Isko va Xamesga o‘rinbosar topib qo‘ydi

«Real» rahbariyati «Chelsi»ning belgiyalik yarim himoyachisi Eden Azarni sotib olish imkoniyatlarini variantini ko‘rib chiqmoqda.

Cope nashri xabariga ko‘ra, madridliklarda Isko va Xames Rodriges kelgusida jamoani tark etishi ehtimoli tufayli Azar varianti paydo bo‘lgan. Ispaniya grandi agar Xames va Isko shartnomasini uzytirmasa, Azarni sotib olishga harakat qiladi.

Iskoning madridliklar bilan shartnomasi muddati 2018 yilning yoziga qadar tuzilgan. Lekin u o‘yin amaliyoti yetishmayotgani tufayli jamoani ertaroq tark etishi ham mumkin. Xuddi shu sabab tufayli Xames ham jamoasini o‘zgartirishi ehtimoli mavjud.

Mavzuga oid
Top