17:04 / 21.03.2017
5982

BMW mast xodimlari tufayli million yevro yo‘qotdi

BMW kompaniyasi Myunxendagi korxonaning ikki ishchisi ish vaqti oxirida mastlik tufayli hushidan ketib qolgani sababli million yevrodan ayrildi. Bu haqda Bild va DW xabar bermoqda.

DW ma'lumotiga ko‘ra, ikki xodim ish vaqti davomida alkogol va marixuana moddasini iste'mol qilgan, so‘ngra esa hushdan ketishgan. Boshqa ishchilar tibbiyot xodimlarini chaqirishga majbur bo‘lishdi, yakunda ishlab chiqarish taxminan 40 daqiqaga to‘xtab qoldi.

Ro‘y bergan hodisadan so‘ng ishchilardan biri ishdan bo‘shatildi, ikkinchisi esa boshqa ishga o‘tkazildi.

Ma'lumot uchun, BMW’ning Myunxendagi korxonasida 3-Series va 4-Series sedan hamda kupelari chiqariladi. Har kuni korxonada taxminan 950ta avtomobil yig‘iladi.

Mavzuga oid
Top