20:42 / 14.04.2017
35088

Asrdan ko‘proq okean tubida: "Titanik" kemasining halokatga uchraganiga 105 yil bo‘ldi

Roppa-rosa 105 yil avval, 1912 yilning 15 apreliga o‘tar kechasi o‘sha vaqtda dunyoda eng katta yo‘lovchi kemasi hisoblangan "Titanik" okean tubiga g‘arq bo‘lgandi. Kemaning bortida 2223 odam: 1334 yo‘lovchi va ekipajning 899 a'zosi bo‘lgan. Fojiada 1517 kishi halok bo‘lgan. "Titanik"ning halokatga uchrashi butun sayyoramiz ahlini larzaga solgan va 1912 yilda eng yirik falokat deb qabul qilingan.  

Angliyaning Sautgemptonidan Nyu-Yorkka yo‘l olgan "Titanik"ning cho‘kishiga uning aysberg bilan to‘qnashuvi oqibatida shikastlanishi sabab bo‘lgan. 

 Wikimedia

"Titanik"ning halokatga uchrashi surati

 Wikimedia

Kema qurilishining boshlang‘ich bosqichi. Old planda "Olimpik" kili, orqada esa "Titanik" kili, 1909 yil

 Wikimedia

"Titanik" suvga tushirilishga tayyor, 1911 yil

 Wikimedia

«Titanik» suvga tushirildi, 1911 yil

 Wikimedia

"Titanik" Tomson dokida qo‘shimcha qismlari qurilishida, 1912 yil

 Wikimedia

Kemaning birinchi sinfdagi saloni, qirol Lyudovik XIV zamonlaridagi Versal saroyi uslubida bezalgan

 Wikimedia

Kemadagi "Parizen" kafesi

 Wikimedia

Kemadagi B-59 kayutasi, eski golland uslubida bezalgan

 Wikimedia

Birinchi sinfdagi tamaki chekish saloni

 Wikimedia

B-58 kayutasi, Lyudovik XVI zamonlariga xos uslubda bezalgan

 Wikimedia

Gimnastika zali

 Wikimedia

Suzish havzasi

 Wikimedia

Kemaning borti B palubadagi kirish joyi qismida havozalardan olingan

 Wikimedia

Kema sardori Edvard Smit 

 Wikimedia

"Titanik" suzish sinovidan o‘tish uchun Belfastni tark etmoqda, 1912 yil

 Wikimedia

"Titanik" Sautgemptondan yo‘lga chiqmoqda

 Wikimedia

"Titanik" Sautgemptondan 1912 yil 10 aprelda birinchi va oxirgi marta yo‘lga chiqmoqda

 Wikimedia

"Titanik" to‘qnashgan ehtimoliy aysberg

 Wikimedia

Suvga g‘arq bo‘lgan kemaning burni, 2004 yil

 

Mavzuga oid
Top