23:04 / 02.05.2017
9185

Sobiq ittifoqning so‘nggi mudofaa vaziri Yazov jonlantirish bo‘limiga yotqizildi

Foto: RIA

Sobiq ittifoqning so‘nggi mudofaa vaziri, marshal Dmitriy Yazov Moskvadagi P.V.Mandrik nomidagi Markaziy harbiy klinik gospitalning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda

Avvalroq bir qator OAV 92 yoshli Yazov shoshilinch tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgani va u miya qon aylanishi o‘tkir buzilishi bilan shifoxonaga yotqizilganini ma'lum qilgandilar. 

"Dmitriy Timofeyevich Yazov ayni vaqtda haqiqatan ham Rossiya mudofaa vazirligining markaziy gospitali intensiv davolash palatasiga yotqizilgan. Davolash hisobiga uning sog‘lig‘i yaxshilanmoqda", deb aytdi agentlik manbasi. 

Uning aytishicha, shifokorlar yaqin orada Yazovni jonlantirish bo‘limidan palataga olishmoqchi. Sobiq vazir bu yerda tashrifchilarni qabul qila oladi.

Dmitriy Yazov 1924 yil 8 noyabrda Omsk guberniyasining Yazovo qishlog‘ida (hozirda Omsk viloyati Okoneshnikov tumani Yazovo qishlog‘i) dunyoga kelgan. U Sobiq ittifoq marshali harbiy unvoni bilan taqdirlangan oxirgi harbiy hisoblanadi. Yazov 1987-1991 yillar Sobiq ittifoq mudofaa vaziri bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top