10:56 / 08.05.2017
27112

Siz uyg‘ondingiz, tashqarida esa 2030 yil nafasi. Zo’r TV – yangi televideniye davri

Kelajak televideniyesini bir lahzaga tasavvur qilib ko‘ring. 5, 10 yoki 15 yildan so‘ng. U qanday? Yorqin, effektli, pult tugmasini bir bosish bilan uydagi insonlarni uyg‘otish mumkin. U real qahramon sifatida ko‘z o‘ngingizda paydo bo‘lmoqda hamda tasavvurni umuman o‘zgartirib yuborishi, ilhomlantirishi, shokka tushirishi, hayratga solishga, esankiratib qo‘yishga qodir... U hissiyotlar to‘lqiniga sizni yetaklaydi.

Endi esa televizorni yoqing. Kutish kerak emas! Sifatning innovatsion shakli shu yerda, Zo’r TV efirida. Va bu yangi kundagi ajoyib kayfiyatning timsoli. Kanalning nomi yoki uning ishga tushirilgan sanasi barchasiga oydinlik kiritadi - to‘laqonli efir bahorning ilk kunidan boshlandi va aql bovar qilmas yangi parvozdan darak berdi.

Bugungi kunda Zo’r TV efirida – 30 dan ortiq mualliflik loyihasi bor, efir butun mamlakat bo‘ylab uzatilmoqda, 40 foizi – rus tilida va 60 foizi – o‘zbek tilida, auditoriya esa – kattadan kichikka qadar. Bu shunchaki oddiy so‘zlar emas. Kanal turli yo‘nalishga ega, u o‘z ichiga birdaniga bir necha janrni qamrab olgan: ko‘ngilochar, bilim beruvchi, musiqali, ta'lim. Bu bilan yoshlar ham, yoshi kattalar ham kanalga bor e'tiborini qaratganini tushuntirish mumkin.

Opisaniye: Opisaniye: D:\media park\SMM\ZorTV\Imidj-ZurTv1.png

Zo’r TV o‘z tomoshabinlarini tasvirning Full HD sifati, noyob uzatish, yangi va talabgor mahsulotlar bilan ta'minlamoqda. Telekanal orqali eng so‘nggi kinematografiya asarlari, ko‘ngilochar va foydali ma'lumotlar berib boriladi. Top ko‘rsatuvlar orasida STAND UP SHOW, BOJALAR COMMUNITY, GARDEROB va boshqa ko‘plab dasturlar bor.

Telekanalda – eng so‘nggi professional televizion texnikalar, 3000 kvadrat metrdan ortiq suratga olish maydonchalari, zamonaviy konsert maydonchalari bor. Telekanalning yosh va iste'dodli jamoasi kutilmagan bayonotlardan qo‘rqmaydi, u shov-shuvli g‘oyalar va loyihalar, yorqin tashabbuslarga to‘la hamda uni chaqmoq tezligida amalga oshiradi. Zo’r TV o‘zi erishgan marrada qolish niyatida emas va doimiy ravishda yangi media-uslublarni izlamoqda.

Zo’r TV butun bir kunga ajoyib kayfiyat, bizga avvaldan tanish bo‘lgan narsalarga esa yangicha nigoh bilan qarash imkonini beradi. Sababi o‘z tomoshabinini his etadi, uning ehtiyojlarini kichik jihatlarga qadar to‘xtovsiz o‘rganadi. Demak, u o‘z tomoshabinlari bilan birga yashaydi.

Opisaniye: Opisaniye: D:\media park\SMM\ZorTV\Imidj-ZurTv1.png

Facebook’dagi rasmiy sahifa https://www.facebook.com/zortvuzb    

Instagram’dagi rasmiy sahifa https://www.instagram.com/zortvofficial

Reklama huquqi asosida

Top