08:29 / 19.05.2017
9969

Xokkey bo‘yicha Jahon chempionati yarim final ishtirokchilari ma'lum bo‘ldi

18 may kuni xokkey bo‘yicha Germaniya-Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatining chorak final bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda Kanada-Germaniya, Rossiya-Chexiya, Shveytsariya-Shvetsiya hamda AQSh-Finlyandiya juftliklari yarim final yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirishdi. 

Chorak finalning bir vaqtda boshlangan ilk ikki o‘yinida Rossiya-Chexiya va AQSh-Finlyandiya jamoalari muz maydoniga chiqib kelishdi. Rossiya-Chexiya juftligida rossiyaliklarning 3-0 hisobida raqiblaridan qo‘li baland keldi. Finlyandiya termasi ham amerikalik xokkeychilarni ishonch bilan 2-0 hisobida mag‘lub etishdi. 

Foto AFP

Kunning ikkinchi chorak final bahslarida Kanada termasi maydon egalari Germaniyaga qarshi, Shveytsariya terma jamoasi Shvetsiyaga qarshi kurash olib bordi. Ancha tajribali va o‘tgan yilgi jahon chempionlari hisoblanuvchi kanadaliklar musobaqa mezbonlari germaniyaliklar bilan kechgan murakkab o‘yinda nominal ustunlik bilan 2-1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Shvetsiya termasi esa Shveytsariyani 3-1 hisobida mag‘lub etdi. 

Shunday qilib, xokkey bo‘yicha JM-2017 yarim finalida Rossiya-Kanada, Finlyandiya-Shvetsiya jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. 

Foto AFP

 

Top