10:39 / 22.05.2017
6679

Britaniyalik alpinist Everestning bir qismi o‘pirilib ketganini ma'lum qildi

Foto: Flickr

Dunyodagi eng baland tog‘ Everestning bir qismi 2015 yilda Nepalda yuz bergan kuchli zilzila vaqtida o‘pirilib ketgan. Bu ma'lumotni britaniyalik alpinist Tim Mozdeyl tasdiqladi.

Uning aytishicha, cho‘qqining janubi-sharqiy tomonidan balandligi 12 metrlik vertikal qoya ajralgan. Bu qism cho‘qqini birinchi bo‘lib zabt etgan yangi zelandiyalik alpinist va tadqiqotchi Edmund Xillari sharafiga "Xillari zinapoyasi" deb atalgan.

"Men o‘tgan yil cho‘qqiga ko‘tarilgandim, biroq biz zinapoya yo‘qolganiga ishonchimiz komil emasdi. U yerda qor yog‘ayotgandi. Bu yil men tog‘ning bu qismi bu yerda aniq yo‘qligini ma'lum qila olaman", deb aytgan Mozdeyl Guardian nashriga bergan intervyusida.

Uning aytishicha, o‘pirilish joyi o‘zgargan relef sababli ko‘tarilish uchun xavfsiz bo‘lmay qolgan.

"Xillari zinapoyasi" 8790 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, alpinistlar tomondan 8848 metr balandlikda joylashgan Everest cho‘qqisiga ko‘tarilishdagi so‘nggi to‘siq hisoblanardi.

Mavzuga oid
Top