23:43 / 29.05.2017
40801

Oliy sud raisi o‘rinbosarlari o‘zgardi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Oliy sud rais o‘rinbosarlarini saylash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqida O‘zA xabar berdi. Unga ko‘ra:

1. Xolmo‘min Buvraboyevich Yodgorov muddatsiz davrga O‘zbekiston Respublikasi Oliy cudi raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati raisi lavozimiga saylandi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimidan ozod etildi.

2. Bahodir Akbaraliyevich Dehqonov besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy cudi raisining o‘rinbosari – ma'muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay'ati raisi lavozimiga saylanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

3. Baxtiyor Tursinmatovich Isakov o‘n yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy cudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay'ati raisi lavozimiga saylandi va shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Mazkur qaror 2017 yilning 1 iyunidan kuchga kiradi.

Top