18:30 / 05.06.2017
10144

Allegri «Yuventus»dan ketishi mumkin

«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoani tark etishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport nashri bergan xabarga ko‘ra, Allegriga Fransiyaning «PSJ» klubi yiliga 10 million yevro maosh taklif qilmoqda. Parijliklar ketma-ket chempionliklardan so‘ng yangi murabbiy Unai Emeri boshchiligida Fransiya chempionatida ikkinchi o‘rin bilan kifoyalanishga majbur bo‘ldi.

Allegri chorshanba kuni turinliklar rahbariyati vakili Beppe Marotta bilan yangi shartnoma masalasini muhokama qilishi kutilmoqda. Murabbiy «Yuventus»dan kamida 8 million yevro yillik maosh talab qilmoqda. Bundan tashqari murabbiy 2-3 nafar YeChL saviyasiga javob beradigan futbolchilarning ham sotib olinishini so‘ragan.

Top