Rustam Azimov «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasiga rahbarlik qiladi. Kompaniya saytida Rustam Azimov Sodiqovich bosh direktor sifatida ko‘rsatilgan.
Bosh direktorning funksional vazifalari:
Kompaniya Ustavi bilan berilgan vakolatlar doirasida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Kompaniyaga yuklatilgan barcha vazifalarning bajarilishi uchun javobgar hisoblanadi;
- o‘z vakolati doirasida sug‘urta faoliyati masalalari bo‘yicha barcha respublika organlari, tashkilotlari va korxonalari, shuningdek, boshqa davlatlarda Kompaniya nomidan ish olib boradi;
- Kompaniya mulkini boshqaradi;
- shartnomalar, kelishuvlar, shu jumladan, mehnat shartnomalarini tuzadi;
- ishonchnomalar beradi;
- Kompaniya faoliyatiga bog‘liq boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi va qaror qabul qiladi.
Kompaniya Ustavi bilan berilgan vakolatlar doirasida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.