12:36 / 09.06.2017
4547

SoftBank robotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqchi

Foto: Reuters

Yaponiyaning SoftBank Group Corp xoldingi ikki robotlar ishlab chiqaruvchisi Boston Dynamics va Shaft’ni xarid qilishga kelishib oldi. Bu haqda kompaniya xabarida aytiladi.

«Axborot inqilobining keyingi bosqichida aqlli robototexnika muhim drayverga aylanadi», - deya ma'lum qildi SoftBank Group raisi Masayesi Son.

Boston Dynamics bosh direktori va asoschisi Mark Raybertning aytishicha, uning kompaniyasi SoftBank pozitsiyasini to‘la qo‘llab-quvvatlaydi.

Kelishuv tafsilotlariga oydinlik kiritilmagan.

O‘tgan yili Apple SoftBank’ga 1 mlrd. dollar sarmoya kiritishni rejalashtirayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgandi.

Top