16:30 / 12.06.2017
30302

Toshkent kimyo-texnologiya institutiga yangi rektor tayinlandi

Toshkent kimyo-texnologiya institutida (TKTI) yangi rektor ish boshladi.

Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov qaroriga ko‘ra, Shuhrat Ahmatjonovich Mutalov institutga rektor etib tayinlangan.

Foto: «TCTI.uz»

Mutalov bunga qadar institutda rektorning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

U uzoq yillar institutga rahbarlik qilgan Sadriddin Mahammadinovich Turobjonov o‘rnida ish boshlagan.

Bundan oldinroq Turobjonov Toshkent davlat texnika universitetiga rektor etib tayinlangani haqida ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top