14:04 / 17.06.2017
11030

Messi 2006 yildayoq dunyoning qimmat o‘yinchisi bo‘lishi mumkin edi

"Barselona"ning sobiq prezidenti Joan Laporta jamoa hujumchisi Lionel Messi 2006 yilda "Inter"ga o‘tish uchun yaqin bo‘lganini aytib berdi. 

"Bu 2006 yilda bo‘lgan edi. "Inter" Messi transferi borasida taklif bilan chiqdi. Ular shartnoma bekor qilish uchun belgilangan 150 mln yevro tovon pulini ham to‘lashmoqchi edi, shu sababli birozdan keyin bu summani 250 mln yevroga oshirib qo‘yganmiz. 

Biroq men doimo Messining otasi Xorxe bilan munosabatlarga ishonganman. Va men unga aytdim: Ular barcha summani to‘lashi kerak bo‘ladi, chunki men Messini sotmayman. U bu yerda baxtli bo‘ladi, u bizning klubda taniladi. "Inter"da u faqatgina moliyaviy tomondan yutadi. O‘g‘lingizning taqdiriga tarixdagi eng buyuk futbolchi bo‘lish yozilgan, bizdan esa unga bu marraga erishish uchun yordam beradigan jamoa bor. U qolsa, afsus qilmaydi", – dedi Laporta. 

Top