08:19 / 18.06.2017
8986

Kolumbiya poytaxtida portlash sodir etildi, qurbonlar bor

Foto: AP

Kolumbiya poytaxti Bogotadagi savdo markazida yangragan portlash oqibatida, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, kamida 3 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi yaralandi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda. 

Portlash Andino savdo markazida sodir etilgan. Portlovchi qurilma 2-qavatdagi ayollar hojatxonasida portlagan. Portlashdan keyin markazdan odamlar evakuatsiya qilingan. Hukumatning xabar berishicha, 23 yoshdan 31 yoshgacha bo‘lgan 3 ayol halok bo‘lgan, ulardan biri Kolumbiyada volontyor bo‘lib ishlagan 23 yoshli Fransiya fuqarosi bo‘lgan.

Bogota meri Enrike Penyalosa tvitterda "Andino’dagi qo‘rqoqlarcha amalga oshirilgan terakt menga og‘riq yetkazdi" deb yozgan. Kolumbiya prezidenti Manuel Santos voqeani tergov qilishni boshlashga ko‘rsatma bergan. Ma'lumotlarga ko‘ra, markaz avtoturargohi sapyorlar tomondan itlar yordamida tekshirib chiqilgan.

Portlash terakt sifatida tasniflangan.

Top