10:18 / 20.06.2017
16326

AQSh bombardimonchilari KXDR bilan qarama-qarshilik fonida Janubiy Koreyaga yuborildi

Foto: Ryonxap

AQSh harbiy-havo kuchlarining ikkita B-1B tovushdan tez harakatlanuvchi bombardimonchisi Janubiy Koreyadagi mashqlarda ishtirok etmoqda. Ular o‘z bortida yadro qurolini ham olib yurish imkoniyatiga ega, deb xabar berdi «Ryonxap» agentligi.

Ta'kidlanishicha, Seul tomondan mashqlarda F-15K qiruvchilari qatnashadi.

«B-1B ikkita bombardimonchisi bugun Koreya yarim oroliga yetib keldi va bizning F-15K qiruvchilarimiz bilan qo‘shma mashqlarda ishtirok etmoqda», - deyiladi xabarda.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Amerika samolyotlari Kanvondo viloyatidagi Pxilson poligonida mashg‘ulotlar davomida bombalar tashlaydi.

Top