10:55 / 23.06.2017
6605

21 iyun kuni Toshkentda birdaniga 6 ta YTH yuz berdi, 9 kishi jarohatlandi

2017 yilning 21 iyun kuni, Toshkent shahri hududida 6 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasida 9 nafar shaxs tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

2017 yilning 21 iyun kuni, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan jami 2833 ta huquqbuzarliklar bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 808 tasini qo‘pol turdagi, 15 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan. 

2017 yilning 21 iyun kuni, Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan jami 1021 ta huquqbuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 572 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 449 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

Top