22:17 / 26.06.2017
7119

AQSh oliy sudi Trampga musulmonlarga AQShga kirishni qisman taqiqlashga ruxsat berdi

AQSh oliy sudi prezident Donald Trampga aksariyat aholisi mumsulmonlardan iborat bo‘lgan 6 ta davlat (Eron, Yaman, Liviya, Somali va Sudan) fuqarolariga AQShga kirishni taqiqlash haqidagi farmonini qisman joriy qilishga ruxsat berdi.

Sud qaroriga ko‘ra, u yoki bu guruh fuqarolarning kirishini taqiqlash amerikaliklar huquqlariga putur yetkazmaydi va shu sababli prezident tomondan kiritilishi mumkin. AQSh fuqarolari bilan biror aloqa ega bo‘lgan, "taqiqlangan" davlatlar fuqarolari bundan istisnodir. Sud qarori vaqtinchalik bo‘lib, ish oktabrda to‘liq ko‘rib chiqiladi va shu vaqtgacha farmon amalda bo‘ladi. 

Tramp musulmonlarga nisbatan munosabati yomonlikda ayblanib keladi. Uning qabul qilgan birinchi hujjatlaridan biri islom dini yetakchi hisoblangan 7 ta davlat fuqarolariga AQShga kirishni taqiqlovchi aksilmmigratsiya qonuni bo‘lgan. 

Tramp immigratsiya siyosatini qat'iylashtirish haqidagi ikkinchi farmonni 6 mart kuni imzolagan. Bu farmon 6 ta musulmon davlati fuqarolariga AQShga kirishni 90 kunga taqiqlashi va qochqinlarni qabul qilish dasturini 120 kunga to‘xtatishi kerak edi. Bu farmonning kuchga kirishini Gavayi shtati sudi bloklagan.  

Mavzuga oid
Top