17:46 / 26.06.2017
23040

Tojikiston O‘zbekiston, Turkiya va Qozog‘istondagi o‘z savdo vakillarini chaqirib oldi

Tojikiston hukumati Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ukraina, Afg‘oniston, Turkiya, Kuvayt, Germaniya va Malayziyadan o‘z savdo vakillarini chaqirib olishga qaror qildi. Bunday qaror Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon tomonidan taxminan bir oy muqaddam imzolangan, biroq endigina e'lon qilindi.

Hukumat qarorida chaqirib olinishning sababi haqida hech narsa deyilmagan, shuningdek, bu lavozimlarga yangi kadrlar tayinlanishi ham noma'lumligicha qolgan.

Ehtimol, ommaviy tarzda chaqirib olinish kadrlar rotatsiyasi va yangilanishi bilan bog‘liq, biroq, elchilardan farqli ravishda, savdo vakillarining ish muddati vaqt doiralari bilan cheklanmagan. Tojikiston savdo vakili Abdurasul Muhidov bu lavozimga ikki davlat o‘rtasidagi muntazam reyslarning tiklanishi bilan bog‘liq qiyinchiliklar yuzaga kelgunga qadar tayinlangandi.

Top