Bo Grivz laqabli avstraliyalik loyda shox yordamida gigant krab tutish yo‘lini namoyish qildi. Uning Facebook'dagi sahifasida taqdim etilgan video Pickle nashri e'tiborini tortdi.
Dastlab Grivz loyda chuqur tuynuk hosil qildi. U yerga boshi bilan kirgach, shox yordamida krabning e'tiborini jalb qildi. Shundan so‘ng u qo‘llari bilan qisqichbaqasimonni tutib, uni tashqariga olib chiqdi.
"Krab ikki marta menga hujum qildi, barmog‘imni yo‘qotishimga bir bahya qoldi, sal bo‘lmasa bilagim ham tilkalanib ketardi", - deb yozdi Griz.
Shunday yoqimsiz asoratlar ehtimoliga qaramay, qahramon buni "vaqt o‘tkazishning yaxshi usuli" deb topdi va avstraliyaliklarning barchasiga tavsiya qildi.