09:22 / 27.06.2017
9986

Tramp Modining Hindistonga tashrif bo‘yicha taklifiga javob qaytardi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Hindiston bosh vaziri Narendra Modining o‘z mamlakatiga taklif etishiga ijobiy javob qaytardi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati bayonot bergan.

«Prezident Tramp bosh vazir Modining Hindistonga tashrif bo‘yicha taklifini mamnuniyat bilan qabul qiladi. Ular keyingi yillarda hamkorlikda ishlashmoqchi», — deyilgan press-relizda.

Vashingtonda o‘tgan matbuot anjumanida Hindiston bosh vaziri Trampga iliq qabul uchun minnatdorchilik bildirgan va uni o‘z oilasi bilan Hindistonga kelishga taklif qilgandi.

Bundan avvalroq Hindistonda o‘tkaziladigan tadbirkorlar sammitiga Ivanka Tramp boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi borishi ma'lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top