22:34 / 28.06.2017
9125

Elektr va gaz tarmoqlarining 60 foizdan ortig‘i ta'mirtalab ahvolda

Bugungi kunda respublikamizdagi jami elektr va gaz tarmoqlarining 60 foizidan ortig‘i ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan. Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i Bekzod Mavlonov Xalqaro Press-klubning 28 iyunda bo‘lib o‘tgan sessiyasida shu mavzuga to‘xtaldi. Yig‘ilishda ishtirok etgan "Kun.uz" muxbiri shu haqida xabar berdi. 

"Elektr va gaz tarmoqlarining 60 foizidan ortig‘i ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan. Bu shu soha mutaxassislari - "O‘zbekenergo", "O‘ztransgaz", "O‘zbekneftegaz", hokimliklar va barcha manfaatdor idoralarni juda tashvishli holatga solishi kerak, chunki Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakat iqtisodiyotini ko‘tarish, tadbirkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va  xalqimiz farovonligini ta'minlash bo‘yicha katta-katta dasturlar ishlab chiqilib, tegishli vazifalar belgilangan. Ularni amalga oshirish, birinchi navbatda, iqtisodiyot tarmoqlarini, qolaversa aholini uzluksiz elektr energiyasi va gaz bilan ta'minlashga bevosita bog‘liq. Shu maqsadda qator farmon va qarorlar qabul qilinmoqda.

Bunga parallel ravishda tarmoqlarni yangilash ustida ish olib borilmoqda. Bu jarayonga nafaqat mahalliy mutaxassislar, balki xorijiy mutaxassislar ham jalb qilinmoqda. Chet el mutaxassislari Majburiy ijro byurosini tashkil qilish to‘g‘risidagi qarorni dunyo miqyosidagi to‘lovlarni amalga oshirish tizimi bo‘yicha eng optimal variant sifatida e'tirof etishdi. 

Top