23:04 / 28.06.2017
5394

Grippga qarshi plastirlar yaratish ustida ishlar olib borilmoqda

Amerikalik olimlar grippga qarshi har yilgi emlashlarni o‘rnini bosa oluvchi plastirlar ustida ish olib borishmoqda. Davolashning bunday turi zamonaviy inʼeksiyalar kabi samarali natija ko‘rsatadi.

Atlantaning Emori universiteti olimlari bir kuni har yilgi grippga qarshi emlashlarni o‘rnini bosadigan plastirlarni sinovdan o‘tkazishmoqda. Kelajakda bu kabi plastirlarni pochta orqali ham yuborish mumkin bo‘ladi, shunda odamlar shifokor qabulida navbat kutmay pochta qutisidan plastirni olib tanalariga yopishtirib vaksinatsiyadan o‘tishlari mumkin. Klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bu plastir odatiy ukol bilan qilinadigan grippga qarshi emlashlar kabi juda samarali. Bundan tashqari, plastirni 1 yil davomida xususiyatlarini yo‘qotilmagan holda saqlasa bo‘ladi. Buning uchun muzlatkichni ham keragi yo‘q, bu esa plastirni qo‘llash uchun pochta orqali yuborish mumkinligini anglatadi.

Lekin uning qiymati shundaki, bemor uni o‘zi mustaqil ravishda bilagiga 20 daqiqaga yopishtirib, so‘ngra olib tashlay oladi. Plastir 100 ta kichkina ignadan iborat bo‘lib, ignalar hech qanday og‘riqlarsiz  terining ustki qismidan o‘tib, terida erib ketadi. Bu esa plastirni ikkinchi marotaba ishlatish va qondan kasalliklarni yuqtirib olish xavfining oldini oladi. Ekspertlarning aytishicha, bu vosita grippga qarshi emlashlarni o‘tkazish ishida vaziyatni ancha yaxshilashi mumkin.  

Grippga qarshi emlashlar ko‘proq 65 yoshdan kattalarga tavsiya etiladi. Emlash shuningdek xatar guruhiga kiruvchi yoshlar, jumladan homiladorlar, 2 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarga va astma yoki nafas olish tizimida boshqa kasalliklarga ega bo‘lganlarga ham zarurdir.

Top