18:11 / 28.06.2017
11992

«Skripka o‘rniga to‘pponcha». Twitter'da AQShga to‘rtta so‘z bilan ta'rif berishmoqda

Dunyodagi eng ommaviy ijtimoiy tarmoqlardan biri Twitter'ning dunyo trendida qiziq xeshteg paydo bo‘ldi: #USAin4words. Ya'ni foydalanuvchilar Amerika Qo‘shma Shtatlatiga to‘rtta so‘z bilan ta'rif berishmoqda.

Ko‘pchilik agressiv kayfiyatda dunyodagi eng qudratli davlatga ta'rif bergan bo‘lsa, ba'zilar shunchaki hazillashgan.

Quyida AQShga berilgan ba'zi ta'riflarni keltirilgan: «Boy yana ham boyroq bo‘ladi», «Ozodlik yurti», «Hamma narsani yeyish mumkin», «Juda ko‘p semiz odamlar bor davlat», «Yaratganning insoniyatga tuhfasi», «Oq tanli yevropaliklar uchun yaratilgan», «Gamburgerlar oroli», «Hazillari Kardashiandan iborat odamlar», «Barchaga haqiqat ulashiladigan yer», «Juda ko‘p liberallari bor davlat», «Axmoqliklar o‘lkasi», «Ikki xil hayvon, bir xil axlat» (Demokratlar va Respublikachilar haqida), «Yoqmayaptimi? Tuyog‘ingizni shiqillating», «Bizning qurolimizni olib qo‘ymang», «Skripka o‘rniga to‘pponcha», «Kanada bilan chegarada devor kerak», «Bitta prezident, ikkita jins», «Xudoga shukur, Hillari yutmadi», «Obama, iltimos qayt»...

Mavzuga oid
Top