10:26 / 29.06.2017
5245

AQShda “Kasperskiy Laboratoriyasi” mahsulotidan foydalanish taqiqlanishi mumkin

AQSh senatorlari Rossiyaning “Kasperskiy Laboratoriyasi”ga tegishli barcha dasturiy ta'minotdan foydalanishni taqiqlash talabi bilan chiqdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Tegishli tuzatishlarni kiritish tashabbusi demokrat-senator Janna Shahindan chiqqan. Uning ma'lum qilishicha, “kompaniya va Kreml o‘rtasidagi aloqalar juda xavotirli”.

AQSh ma'muriyati vakillari va senatorlarning ma'lum qilishicha, kompaniyaga “muhim infratuzilma himoyasi, ayniqsa, mamlakat xavfsizligi uchun hayotiy ahamiyatga ega kompyuter tizimlari himoyasini ishonish mumkin emas”.

Ta'kidlanishicha, qonun loyihasi senat va vakillari palatasi tomonidan ko‘rib chiqilishi darkor.

Top