18:51 / 30.06.2017
8122

Kamolot Qurultoyi delegatlari Artel zavodlariga tashrif buyurishdi

29 iyul kuni 75 dan ortiq bo‘lgan Kamolot Qurultoyi delegatlari Artel kompaniyasining zavodlariga ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdilar.

Qurultoy Kamolot Yoshlar Ijtimoiy Harakati tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda Respublikaning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan delegat hamda qatnashchilar ishtirok etishdi. Bo‘lib o‘tayotgan qurultoy belgilanadigan istiqbolli rejalar, ustuvor maqsadlar yoshlar uchun yangi imkoniyatlar poydevoridir.

Tashrif chog‘ida Kamolot Qurultoyi ishtirokchilariga Artel kompaniyasining zavodlaridagi ish jarayoni yaqqol ko‘rsatib berildi. Korxonaning mutasaddi xodimlari tomonidan muzlatgich va kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish zavodlari bo‘ylab ekskursiya ham amalga oshirildi. Tashrif buyurgan delegatlar maishiy texnika ishlab chiqaruvchi korxonaning ish faoliyati bilan tanishdilar va ishlab chiqarish jarayonlariga guvoh bo‘ldilar.

Kamolot Qurultoyi deligatlari xizmat ko‘rsatish va yagona ma'lumot markazlarining faoliyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Bundan tashqari Respublikaning turli viloyatlariga va eksport mamlakatlariga jo‘natiladigan tovarlarning logistika markaziga ham tashrif buyurdilar. 
Ekskursiya oxirida, barcha mehmonlarga xotira uchun sovg‘alari taqdim etildi.

O‘z navbatida, Kamolot Qurultoyi delegatsiya ishtirokchilari tomonidan Artel kompaniyasiga tashakkurnoma va kitoblar to‘plami topshirildi.

Barcha delegatlar berilgan ma'lumotlardan mamnun qolishganini va Artel kompaniyasining ishlab chiqarish ko‘lami katta taassurot qoldirganini ta'kidlab o‘tishdi.

Reklama huquqi asosida 

Top