19:16 / 15.07.2017
8424

Filds mukofotini olgan yagona ayol-laureat vafot etdi

Foto: Tehran Times

Stenfordda eronlik matematik olima Maryam Mirzaxoniy 41 yoshida vafot etdi. Bu haqda Tehran Times xabar bermoqda.

Mirzaxoniy 2013 yilda aniqlangan ko‘krak saratoni asoratlari tufayli hayotdan ko‘z yumgan. So‘nggi bir oyni u shifoxonada o‘tkazdi.

Maryam Mirzaxoniy – eronlik va amerikalik matematik olima bo‘lib, Lobachevskiy geometriyasi, Teyxmyuller nazariyasi, ergodik nazariya, simplektik geometriyaga ixtisoslashgan edi.

U 2014 yilda Filds mukofotini qo‘lga kiritib, ilk ayol-laureat va eronlik birinchi laureatga aylandi.

Top