23:35 / 09.08.2017
40690

Yana bir vazirlikda o‘zgarish bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti rektori Baxtiyor Sayfullayevni O‘zbekiston Madaniyat vaziri etib tayinladi. Bu haqdagi ma'lumotni «Kun» manbalari tasdiqladi.

Shu yilning fevralidan buyon Madaniyat vazirligiga rahbarlik qilib kelgan Mahmud Muratov esa Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatriga direktor etib tayinlangan.

Mahmud Muratov / «GABT.uz»

Bundan oldinroq Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vaziri o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 8 avgust kuni prezident «O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini imzolagandi.

Top