22:30 / 14.08.2017
23031

Qumqo‘rg‘on tumaniga yangi hokim tayinlandi

14 avgust kuni xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda asosiy e'tibor xalq bilan muloqot qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari tahliliga qaratilib, tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Facebook’dagi o‘z sahifasida ma'lum qilgan.

“Tumanda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash ahvoli qoniqarli emasligi, insonlarni qiynayotgan muammo va masalalar yechimini topishga panja ortidan qaralgani, aholi bandligini ta'minlash, uyushmagan yoshlar bilan ishlash borasidagi kamchiliklar, suv muammosi, ko‘p qavatli uy-joylarni ta'mirlash, kommunikatsiya tarmoqlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani, ushbu mas'uliyatli va dolzarb masalalarga tuman hokimi Shahriddin Suvonov bee'tibor qarab, ishlarni tizimli tashkil eta olmagani, bir so‘z bilan aytganda, xalqning ishonchini oqlamagani bois egallab turgan lavozimidan ozod etildi”, deyiladi ma'lumotda. 

Qumqo‘rg‘on tumani faollari, keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar vakillarining taklif va mulohazalari inobatga olinib, sessiyada Normo‘min Omonovich Choriyev Qumqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.

Mavzuga oid
Top