00:59 / 14.08.2017
12346

Oyda 2018 yilda mobil aloqa paydo bo‘lishi mumkin

Yerning yo‘ldoshi Oyda yaqin orada uyali aloqa paydo bo‘lishi mumkin. Oyda ilk mobil aloqa stansiyasini 2018 yilda qurish rejalashtirilmoqda.

Part Time Scientists nomli startap Oy sirtida LTE uyali aloqasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rejasini ishlab chiqmoqda. Bu aloqa kompaniya roverlariga (lunoxodlariga) pul va zaxiralarni tejagan holda Yerdagi jamoa bilan muloqot qilishga imkon beradi.

Oyda signal nuqtasini yaratish uchun unga vositalarni yetkazishda Falcon 9 raketasidan foydalaniladi.

Nemis startapi SpaceX kompaniyasi bilan o‘zining Alina koinot kemasini fazoga yuborish bo‘yicha shartnoma tuzgan. Kema Oyga qo‘nganda, Audi Lunar Quatro rovers lunoxodi Oyda “Apollon-17” kemasi missiyasi qo‘ngan joyga qo‘ndiriladi.

Space.com’da bu haqda berilgan xabarga ko‘ra, kompaniyada Oyda LTE tizimini yoyish bo‘yicha Vodafone bilan shartnoma mavjud. Alina’ning o‘zi esa ikkita rover aloqasini qo‘llab-quvvatlab, so‘ngra ma'lumotlarni Yerdagi jamoaga yuboradigan bazaviy stansiya bo‘lib xizmat qiladi. 

Mavzuga oid
Top